Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Dehqonobodda infratuzilma loyihalari ijrosi deputat nazoratda

Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 

(2 ta maktab kapital ta’mirlash masalasi - quvvati 958 o‘rin, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirlash masalasi - quvvati 180 o‘rin, 1 ta tibbiyot muassasasi kapital ta’mirlash masalasi – qatnovi 75 o‘rin, 2 ta yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalasi – 0,6 km asfalt, 19,4 km shag‘al, 1 ta ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi - 2 km tarmoq, elektr ta’minotini yaxshilash masalasi - 16 km tarmoq, 2 ta transformator, 4 km piyodalar yo‘lagi va 75 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish masalasi - 3 km, 1 ta sug‘orish tizimini yaxshilash masalasi - 3 km, 1 ta ko‘prik qurilishi masalasi - 1 ta ob’ektda,);

Paxtachi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 

(1 ta maktab kapital ta’mirlash masalasi - quvvati 210 o‘rin, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi masalasi - quvvati 120 o‘rin, 1 ta yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalasi – 0,7 asfal, 3,3 km shag‘al, 1 ta ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi - 3 km, elektr ta’minotini yaxshilash masalasi - 11 km tarmoq, 1 ta transformator, 2 km piyodalar yo‘lagi va 100 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish masalasi - 4 km, 1 ta sug‘orish tizimini yaxshilash masalasi - 2 km);

 qurilishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda qaror asosida Dehqonobod va Paxtachi mahallasida ham ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida 1-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputat G‘ayrat Boysariyev qurilish maydonlarida bo‘lib, olib borilayotgan ishlarning borishi, sifati va sur’atini atroflicha ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar davomida qurilish ishlarining sifati, foydalanilayotgan materiallarning talab darajasiga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Slide 1 of 5