Aholi uchun dam olish, hordiq chiqarish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan park va yashil hududlarning holati 8-Qalaychorbog’ saylov okrugi deputati R.Safarov tomonidan atroflicha o’rganildi. O’rganish jarayonida hududlardagi obodonlashtirish ishlari, ko’chatlar parvarishi, gulzorlar holati, yo’laklar va o’rindiqlarning sifatli o’rnatilgani, shuningdek, aholi uchun yaratilgan qulayliklar ko’zdan kechirildi.
Shu bilan birga, parklarda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish, yoritish tizimi va xavfsizlik choralarining holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
Deputat ta’kidlaganidek, aholining mazmunli dam olishi uchun qulay va obod muhit yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, parklar holatini muntazam nazorat qilish, ularni yanada obod va ko’rkam maskanga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Bunday o’rganishlar esa hududlarda aholi farovonligi va turmush sifati oshishiga xizmat qiladi.