Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Tohirshayx mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

#24_ta_masala

#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova tomonidan Tohirshayx mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Uchrashuv davomida xotin-qizlar tomonidan ish o‘rinlari yaratish, oylik ish haqlarining pastligi, bola nafaqasi tayinlash va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi hamda har bir masala atroflicha muhokama qilindi.

 Suhbat jarayonida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, fuqarolarga zarur tushuntirish va huquqiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari kiritilishi belgilab olindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1