Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
Doimiy_komissiya_faoliyati

Kun tartibidagi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitini tasdiqlashni muhokama qilish belgilangan.

Yig'ilish davomida doimiy komissiya a'zolari hamda deputatlar tomonidan “Suv yetkazib berish xizmati” tuman bo‘limi direktori K.Berdimurodovga qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun isteʼmolchilar kesimidagi suv olish limitlari hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kopaytirish yuzasidan tavsiyalar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4