Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
💧Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov va kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Turniyazovning faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlari tahlil qilindi.

💧Suv xo'jalik obyektlarining texnik va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holatlari o'rganildi.

💧Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov va kotibiyat bosh mutaxassisi M.Shovqiddinovlar tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Turniyazovning faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlari tahlil qilindi.

📊O'rganish davomida tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko'rib chiqildi.

1️⃣2025-yilda tumanimizda jami 4255 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan.

2️⃣Bugungi kunda suvchi nasos stansiyasida quvvati 1000 kVt li quyosh paneli o’rnatish rejalashtirilgan bo’lib dastlabki ishlar amalga oshirilmoqda.

3️⃣2026-yil davomida 2.7 km qurish va rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan, shundan, “Yangi to‘qqiz” kollektorini 1.3 km qismini betonlashtirish va “Qalandar”, “Choshtepa Sh-7-1” 1.4 km ochiq kollektorni yopiq drenajga aylantirish loyihasi rejalashtirilgan. 

4️⃣2026-yilda “Juvozxona” loyihasi tarkibidagi 75,0 km kollektor-drenaj tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari bajarilishi ortidan 1800 gektar yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash rejalashtirilgan.

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 4