Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
Markaz mahallasida tizimli o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati A. Jo‘rayev tomonidan Markaz mahallasida faoliyat yuritayotgan mahalla yettligi faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati ham ko‘zdan kechirilib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur o‘rganishlar hududni yanada rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda mahalla tizimi samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1