Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Narx-navo masalasi deputat nazoratida.
янв.21
KO’P QAVATLI UYLAR ATROFINI OBODONLAShTIRISh — DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
BOLAJONLAR QUVONChI — DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
янв.21
Deputat tomonidan tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar faoliyati ko’zdan kechirildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputat so‘rovi orqali ijobiy yechildi.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashidagi O’zXDP deputatlik guruhining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida xonadonbay o’rganish tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar uchun shashka va shaxmat bellashuvi tashkil etildi.
Quyi Darg‘om mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Xoliqulova tomonidan Quyi Darg‘om mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda yordamga muhtoj aholi qatlamini yanada kengroq qamrab olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1