Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
Yerdan foydalanish holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 25-Gulbog‘ okrugidan saylangan deputat Roman Sodiqov Gulbog‘ mahallasida yashovchi Tsursunov Isroilni xonadonida bo‘lib, tomorqa yer maydonidan foydalanish holati bilan tanishdi. 

I.Tursunov tomorqa yer maydonining bir qismidagi issiqxonada ko‘kat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirib, yerdan yiliga ikki marta hosil olmoqda. 

Natijada oila daromadini oshishi va bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga hissa qo‘shmoqda. 

Issiqxonani kengaytirish va bu borada Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va imtiyozlar hamda ekin turlarini ko‘paytirish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 avgustdagi 486-sonli qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.  

Slide 1 of 4