Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Park va hiyobonlar obodonchiligi deputat e’tiborida.
янв.21
Ijtimoiy xodim ish faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahalla faollari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan yig’ilish o’tkazildi.
янв.21
Deputat tumanda fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatilishi, aholiga huquqiy maslahat va amaliy yordam ko’rsatish holatini o’rgandi.
янв.21
YOSHLAR KUNI DOIRASIDA ROMITAN TUMANI HOKIMI KUBOGI O‘TKAZILDI
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahalladagi Yoshlar yetakchisi ish faolitini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib otdi.
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi .
янв.21
Bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish masalasi doimiy e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
YURT OBOD BO'LSA FAYZU BARAKA BO'LADI.

Bugun 13–14-mart kunlari Respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda umumxalq hashari o‘tkazilayotgani munosabati bilan bugun tumanimizning barcha hududlarida ham obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Hashar jarayonida mahalla fuqarolari, tashkilot va muassasalar xodimlari hamda yoshlar faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Jumladan, ko‘cha va yo‘laklar tozalanib, ariqlar tartibga keltirilmoqda, hududlarda tozalash ishlari olib borilmoqda, daraxt va gul ko‘chatlari ekilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy obyektlar atrofini obodonlashtirish, aholi yashash maskanlarini yanada fayzli holga keltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur umumxalq hashari orqali hududlarda ozodalikni ta’minlash, tabiatni asrab-avaylash hamda aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tumanimiz aholisi ushbu xayrli tashabbusda faol qatnashib, yurtimiz ravnaqi va hududlarimiz obodligi yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqda.

Buloqboshi tuman Kengashi

Slide 1 of 7