Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar olindi.
янв.21
14-O‘zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho'liyeva tomonidan “Azizon” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar va ularning murojaatlari tinglandi.
янв.21
Deputat hududdagi Kutubxona va madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan Bobur MFYda nazorat ishlari olib borildi.
янв.21
Park va hiyobonlar obodonchiligi deputat e’tiborida.
янв.21
Ijtimoiy xodim ish faoliyati o’rganildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahalla faollari ishtirokida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan yig’ilish o’tkazildi.
янв.21
Deputat tumanda fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatilishi, aholiga huquqiy maslahat va amaliy yordam ko’rsatish holatini o’rgandi.
янв.21
YOSHLAR KUNI DOIRASIDA ROMITAN TUMANI HOKIMI KUBOGI O‘TKAZILDI
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahalladagi Yoshlar yetakchisi ish faolitini o‘rgandi.
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo tomonidan "Do‘stlik" mahallasi hududidagi Yangiravot qishlog‘ida mahalla ichki yo‘llarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi ayrim ichki yo‘llari ta’mirtalab holga kelgani, ayniqsa, yomg‘irli kunlarda yo‘llarda loy va suv to‘planib, aholi harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Hududda yashovchi fuqarolarning murojaatlari hamda joyida olib borilgan o‘rganishlar asosida ushbu masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Mahalla ichki yo‘llarini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📸 O‘rganish jarayonidan lavhalar.

Slide 1 of 4