Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
Murojaatlar deputat nazoratida

 🔹Oilalar ajrimini oldini olish borasida deputat hamda mahalla faollari hamkorligi natijasida, hozirgi kunda “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qummozor qishlog‘idagi ajrim yoqasida turgan bir oila yarashtirildi. Nomonqulov Mirxojiddin,
Ummataliyev Abdukarim, Qobulov Iftixor, Xalilov Ahmadillo oilalari eng yosh oilalar hisoblanishini inobatga olib, deputat o‘z o‘rganishlari davomida mazkur oilalar xonadonlariga borib, ularning ijtimoiy jihatdan barqarorligini o‘rgandi. 

🔹Aholi vakillarining murojaatlari asosan: hududdan o‘tuvchi Oqqo‘rg‘on arig‘i suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish orqali dehqonchilikni yanada rivojlantirish, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishni yaxshilash, mahallardagi chiqindilarni olib ketish masalalarida bo‘ldi. Mahalla xotin-qizlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun tuman markazidan hududga ko‘chma tibbiy ko‘rik-shifokorlarini olib kelish bo‘yicha mahalla ayollari murojaat bilan chiqqanlar. Deputat mahalla aholisi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda murojaatlar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilishini bildirdi. 

                                                                                                                                   Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1