Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat e’tiborida: Аholi yashash muhiti tozaligi ko’zdan kechirildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va sog’lom yashash muhitini ta’minlash, hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.
янв.21
Ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati deputatlar nazoratida. 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan ko’p qavatli uylarda liftlarning xavfsizligi va sifati joyiga chiqib o’rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi.
янв.21
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida
янв.21
Deputat va xalq muloqoti: saylovchilar fikri muhim. 11-Toshrabot saylov okrugi deputati М.Umurova o’z saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o’tkazdi.
янв.21
Fuqarolarga xizmat – e’tibor markazida: FHDYo faoliyati deputat tomonidan ko’rib chiqildi. 14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva tuman FHDYo bo’limida bo'ldi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
янв.21
“Davlat — xalq uchun xizmat qiladi”: Deputat davlat xizmatlari markazida bo'ldi.
#yettilik #nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Azamat Mavlonov tomonidan  “Cho‘lpon” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:

🔹Sarf-hisob va reja: Mahalla raisi va xotin-qizlar faolining 2025-yildagi faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar va "yo‘l xaritalari" ko‘rib chiqildi.

🔹Obodonlashtirish: Hududdagi ko‘chalarning holati, tozalik va obodonlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

🔹 Ijtimoiy ko‘mak: Mahalladagi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash tizimi o‘rganildi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va 2026-yilda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq manfaati — oliy qadriyat!

Slide 1 of 3