Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga bepul dori vositalari yetkazib berish holati xonadonlarda o‘rganildi.
янв.21
Deputat va ijtimoiy xodim nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.
янв.21
Deputat o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 10-saylov okrugi deputati Bozorov Mirshodbek Shukur o‘g‘li mahallada “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etdi.
янв.21
12-Xosa saylov okrugi deputati F.Salomov nogironligi bor ilg‘or g‘oyali va tashabbuskor yoshlarni qabul qildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan piyodalar yurish yo‘lagining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
ROMITANDA “SIYOSATDAGI YOSHLAR” TURNIRI: YOSHLAR — PARTIYA TAYANCHI, KELAJAK BUNYODKORLARI!
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi parklar, xiyobonlar va bog‘larning holati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva mahallada “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tuman tibbiyot birlashmasida fuqarolarni qabul qildi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rgandi.
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani tibbiyot birlashmasi faoliyati tuman Kengashi deputatlari O.Ishpo'latov, X.Abdimo'minov va xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayevlar tomonidan o‘rganildi. 

Tadbir davomida Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish, ushbu yoʻnalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya dasturlarini samarali amalga oshirish borasida ishlari bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud sharoitlar, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda bemorlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi. Bepul dori-darmonlar berilishi tekshirildi.

Shuningdek, muassasa faoliyati davomida uchrayotgan ayrim muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. 

Deputatlar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida olib borildi.

Slide 1 of 2