Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan deputatlik so‘rovi ijoboy hal qilindi.
Aholining salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida deputat tashabbusi bilan Chorvador mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tibbiy sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida tajribali shifokorlar tomonidan fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, zarur tavsiyalar berildi hamda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar alohida nazoratga olinib, ularni davolash bo‘yicha yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.
Ushbu tashabbus aholi tomonidan iliq kutib olindi.