Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Og‘ir hududlar obod manzillarga aylanmoqda
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi o‘rganildi.
янв.21
Deputat MFYda xotin-qizlarning tikuvchilik sohasidagi faoliyati bilan tanishib, ularning mehnat sharoitlari va yaratilgan imkoniyatlarni ko’zdan kechirdi.
янв.21
Romitan tumanining Bog‘iturkon mahallasi obod maskanga aylanadi.
янв.21
Madad NNT hamda xalq deputatlari tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahalladagi xotin-qizlar faolining, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Mahalliy kengash deputatlari o‘z saylov okrugidagi savdo do‘konlarida aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarining sifati hamda narx-navo barqarorligini o‘rgandi.
янв.21
Deputat Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati bilan tanishib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
Uy-joy qurilish ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “Uy-joy qurilishi sohasini yana-da rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-11 sonli Farmoni ushbu muhim masalaga yo‘naltirilgani holda mazkur jarayonda amaliy ishtirok etish, nafaqat sohaga aloqador tashkilotlar, balki, deputatlar oldida ham turgan ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Ushbu maqsadlarda, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari B.Toshpo‘latov va M.Mamatkulovlar tomonidan Jizzax shahrida barpo etilayotgan bir qator turar va noturar joy obyektlari holati o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar jarayonida yuqorida qayd etilgan farmonda ko‘zda tutilgan “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida amalga oshirish, yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilgani holda, quruvchilarga bog‘liq bo‘lmagan mavjud muammolarni deputatlik so‘rovi mexanizmi orqali hal etish ,to‘liq o‘rganish yakunlarini esa Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish choralari belgilandi.

Slide 1 of 5