Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Og‘ir hududlar obod manzillarga aylanmoqda
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi o‘rganildi.
янв.21
Deputat MFYda xotin-qizlarning tikuvchilik sohasidagi faoliyati bilan tanishib, ularning mehnat sharoitlari va yaratilgan imkoniyatlarni ko’zdan kechirdi.
янв.21
Romitan tumanining Bog‘iturkon mahallasi obod maskanga aylanadi.
янв.21
Madad NNT hamda xalq deputatlari tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahalladagi xotin-qizlar faolining, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Mahalliy kengash deputatlari o‘z saylov okrugidagi savdo do‘konlarida aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarining sifati hamda narx-navo barqarorligini o‘rgandi.
янв.21
Deputat Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati bilan tanishib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!

QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!

Hududimiz aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammolardan biri — ichki ko‘chalar va asosiy yo‘llarning nosoz holati edi. Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashiga 25-“Yangiobod” saylov okrugidan saylangan deputat Norqulov Xondamir Erkin og‘li tashabbusi bilan ushbu masala o‘rganilib, amaliy ishlar boshlandi.  

Qisqa muddat ichida bir necha ko‘chalardagi chuqurlar tekislandi, yo‘l chetlari tartibga keltirildi. Yomg‘ir suvlari to‘planib qolmasligi uchun suv oqizish joylari tozalandi va yaxshilandi. 

Natijada transport qatnovi ancha yengillashdi, aholining kundalik harakati uchun qulaylik yaratildi. Eng muhimi, maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalariga borish yo‘llari yaxshilandi. 

Hududimiz infratuzilmasini rivojlantirish ishlari bosqichma-bosqich davom etadi.

Fuqarolarimizning har bir murojaati e’tiborda!

Slide 1 of 3