Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Og‘ir hududlar obod manzillarga aylanmoqda
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi o‘rganildi.
янв.21
Deputat MFYda xotin-qizlarning tikuvchilik sohasidagi faoliyati bilan tanishib, ularning mehnat sharoitlari va yaratilgan imkoniyatlarni ko’zdan kechirdi.
янв.21
Romitan tumanining Bog‘iturkon mahallasi obod maskanga aylanadi.
янв.21
Madad NNT hamda xalq deputatlari tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahalladagi xotin-qizlar faolining, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Mahalliy kengash deputatlari o‘z saylov okrugidagi savdo do‘konlarida aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarining sifati hamda narx-navo barqarorligini o‘rgandi.
янв.21
Deputat Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati bilan tanishib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
Muammolarga yechim — hamkorlikda

Tuman Kengashi deputati mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashiga 14-"Chaqar" saylov okrugidan saylangan deputat Shuxrat Raxmonov "Chaqar" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va boshqa mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

Uchrashuvda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmand oilalar bilan ishlash

Yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish

Xotin-qizlar faolligini oshirish va ularning muammolarini hal etish

Hududda obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari

Deputat mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.