Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-A.Navoiy okrug deputati L.Avezova o‘ziga biriktirilgan mahallada “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida sayyor qabul tashkil etdi.
янв.21
Ochiqlikni taʼminlashda faol bo‘lgan Romitan tumani mahalliy Kengashi alohida eʼtirof etilmoqda
янв.21
Deputat Qumrabot mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatayotgan 37-OPda “Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish” holatini o‘rgandi.
янв.21
OLIS HUDUD YOSHLARI UCHUN YANGI TASHABBUS ILGARI SURILDI
янв.21
Deputat Baynalminal mahalladagi xotin-qizlar va ijtimoiy xodim faoliyatini borib o‘rgandi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputati mahalladagi bolalar o‘yingohida mavjud sport inshootlarining holatini atroflicha o‘rgandi.
янв.21
1-Sadriddin Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi Umedjon Barnoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati o’rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi o’rganildi.
янв.21
19-Xo‘jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva Marziya MFYda jinoyatchilikni oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Deputat mahallada

 ❄️ Qishning sovuq kunlarida issiqlik nazoratda 

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va ta’lim muassasalarida issiqlik
meyorini saqlash muhim masalalardan biridir.
 

22-Guliston saylov okrugi deputati R.Muxtorova hududdagi 3-sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning isitish tizimi holatini ko‘zdan
kechirdi.
 

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi: 

Isitish qozonlarining sozligi: Tizimning to‘liq quvvat bilan ishlayotgani
tekshirildi.
 

Sinfxonalardagi harorat: O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun
xonalardagi issiqlik darajasi meyorlarga muvofiqligi ko‘rildi.
 

Energiya tejamkorligi: Issiqlik yo‘qotilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan
choralar tahlil qilindi.
 

"Maktab — bolalarimizning ikkinchi uyi. U yerda har bir o‘quvchi
o‘zini qulay va issiq his qilishi kerak. Bu boradagi kamchiliklarni o‘z vaqtida
bartaraf etish doimiy nazoratimizda," — deydi deputat R.Muxtorova.
  

Slide 1 of 3