Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat sifati va aholini bepul dori - darmon bilan ta’minlanish holati tuman Kengashi deputatlari nazoratida.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati 18-Hazortut saylov okrugi deputati Jumayeva Mo’mina Toshpo’latovna “Hazortut” mahalla fuqarolar yig‘ini ettiligining olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari “Madad” NNT bilan hamkorlikda aholini qiynab kelayotgan masalalarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
янв.21
Tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limida, “Tumanda kambag’allikni qisqartirish bandlikni ta’lim va kasbga o’qitish dasturlari samaradorligi bo’yicha tuman Kengashi deputatlari tomonidan o’rganildi:
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Bugun, 9-fevral – "shams ul-millat" — millat quyoshi tavallud topgan kun! Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.
янв.21
Ko‘ngil mulkining sultoni — Alisher Navoiy siymosiga yuksak ehtirom!
янв.21
Joylarda aholi murojaatlari deputat tomonidan samarali hal etilmoqda!
янв.21
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Shokirovning navbatdagi ochiq muloqoti Boshchorbogʻ mahallasida boʻlib oʻtdi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov Boshchorbogʻ mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan murojaat qildi. Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, soha mutaxassislari ishtirok etib, hudud istiqboliga oid masalalar keng muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Boshchorbogʻ mahallasi asosan olmachilikka ixtisoslashgan hududlardan biri sanaladi. Shu bois tuman hokimi ushbu yo‘nalishni yanada kengaytirish, zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etish hamda yetishtirilayotgan hosilni sifatli saqlash imkonini beradigan muzlatkichli omborlar qurish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini qayd etdi. Bu nafaqat hosilning nobud bo‘lishini kamaytiradi, balki mahsulotni yil davomida bozorga chiqarish orqali daromadni ko‘paytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yoshlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bolalarni chet tillariga o‘qitish bugungi kunning muhim talabi ekani, buning uchun mahallada zarur sharoitlar yaratish lozimligi aytib o‘tildi. Kelajakda farzandlarning bilimli, raqobatbardosh bo‘lib voyaga yetishi hudud taraqqiyoti uchun muhim omil ekani ta’kidlandi.

Muloqot davomida mahallada kambag‘allikni kamaytirish borasida fuqarolarning o‘zi ham faol bo‘lishi zarurligi qayd etildi. Tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, bog‘dorchilikni kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali daromadlarni oshirish mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, 12 foizlik imtiyozli kreditlar uchun ham katta mablag‘lar yo‘naltirilgani, bu imkoniyatlardan bog‘dorchilik, qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda keng foydalanish mumkinligi aytib o‘tildi.

Boshchorbogʻ mahallasida infratuzilmani yaxshilash uchun ham 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi. Jumladan, mahalliy va ichki yo‘llarning 4,2 kilometrlik qismini ta’mirlash uchun 2 milliard 500 million so‘m yo‘naltiriladi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 3,1 kilometr havo elektr uzatish liniyasini yangilash hamda eski simyog‘ochlarni almashtirish uchun 340 million so‘m ajratiladi. Shuningdek, mahalla markazidagi xizmat ko‘rsatish maskanini rekonstruksiya qilish va zamonaviy jihozlash uchun 160 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha masalalar tegishli mutasaddilarga biriktirildi. Mahalla aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtboshimiz boshchiligidagi rahbarlarga minnatdorchilik izhor etdilar. Ular yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lishini tilab, mahallada hamjihatlikda mehnat qilib, obodonlashtirish va tomorqalardan unumli foydalanishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

Slide 1 of 9