Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat sifati va aholini bepul dori - darmon bilan ta’minlanish holati tuman Kengashi deputatlari nazoratida.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati 18-Hazortut saylov okrugi deputati Jumayeva Mo’mina Toshpo’latovna “Hazortut” mahalla fuqarolar yig‘ini ettiligining olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari “Madad” NNT bilan hamkorlikda aholini qiynab kelayotgan masalalarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
янв.21
Tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limida, “Tumanda kambag’allikni qisqartirish bandlikni ta’lim va kasbga o’qitish dasturlari samaradorligi bo’yicha tuman Kengashi deputatlari tomonidan o’rganildi:
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Bugun, 9-fevral – "shams ul-millat" — millat quyoshi tavallud topgan kun! Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.
янв.21
Ko‘ngil mulkining sultoni — Alisher Navoiy siymosiga yuksak ehtirom!
янв.21
Joylarda aholi murojaatlari deputat tomonidan samarali hal etilmoqda!
янв.21
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migrasiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-son Farmonining tumanda ijrosini ta’minlash yuzasidan 2025-yilning o‘tgan to‘rtinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida; 

tumanda 2025-yilning o‘tgan to‘rtinchi choragi mobaynida mahalliy byudjet daromadlarining bajarilishi holati va qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi hamda ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarorining ijrosi yuzasidan tumanda 2025-yilning o‘tgan to‘rtinchi choragida kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishi holati to‘g‘risida;

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida tumanda 2025-yilning o‘tgan to‘rtinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-son qarori ijrosi yuzasidan 2025-yilning o‘tgan to‘rtinchi choragida tumanda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tumanda 2025-yilning to‘rtinchi choragi mobaynida tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlarning borishi to‘g‘risida;

tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan umumiy mablag‘lar doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 7