Xalq deputatlari G’ozg’on shahar Kengashi deputati Sharipov Odiljon Shafiyevich "Guliston" MFY hududida amalga oshirilayotgan “Buloqi Nav” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida qurilish jarayonining joriy holati, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan loyiha talablari asosida olib borilayotgani atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Kengash deputati tomonidan loyiha doirasida aholiga qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani yanada yaxshilash, qurilish ishlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishlicha o‘rganish ishlari olib borildi.