Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
"Xonatlas festivali" tuman bo'ylab

"Xonatlas festivali" tuman bo'ylab ko'tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda!

O'zida turfa ranglarni mujassam etib kamalak misol o'zbek qizu ayollar
egnida yal - yal yonadigan milliy matomiz xonatlas asrlar davomida
milliyligimiz, o'zbekligimizni butun dunyoga tarannum etib kelmoqda.

Xon atlas – eng yorqin ranglar, tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida
mujassam etgan o‘zbek milliy matosi hisoblanadi. Mazkur matoni qadimda faqat
xonlar kiygani uchun ham xon atlas nomi bilan atalgan.

Uchquduq tumanidagi barcha korxona va tashkilotlarda, ta'lim muassasalarida "Xonatlas festivali" loyihasi doirasida turli tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Bu tadbirlarda tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etmoqda.

Slide 1 of 1