Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 97-sessiyasi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi 94-sessiyasi o'tkazildi.

Sessiya kun tartibida

1. Tuproqqalʼa tumanI adliya bo‘limi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024-yil I choragida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

2. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili va hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tuman Xalq qabulxonasi mudirining 2024-yil yanvar-mart oyi yakuni bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.

3. Tuproqqalʼa tumanI 3-sektordagi moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan oilalarni “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.

4. Tuproqqalʼa tumanidagi ehtiyojmand oilalarni “Temir daftar”ga kiritish hamda davolanish va moddiy taʼminlash uchun moddiy yordam ajratish to‘g‘risida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qaroriga asosan Tuproqqalʼa tumanida 2025-yilda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirish taklif qilinayotgan investitsiya loyihalari to‘g‘risida.

6. Hududlarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “g‘olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida. 

7. Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar ko'rildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 6