Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 81-sessiyasiga kiritilishi kutilayotgan masalalarni muhokama qilish to‘g‘risidagi doimiy komissiyalar yig‘ilish

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi 81-sessiyasiga kiritilishi kutilayotgan masalalarni muhokama qilish to‘g‘risidagi doimiy komissiyalar yig‘ilish

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiya raislari O.Dadajonova, N.Isaqov, B.Axmadjonov, Sh.Jo‘rayev, I.Abduraxmonovlar va kotibiyat mudiri F.Mirzayev ishtirok etdilar

Yig‘ilish kun tartibida:

Tuman mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish;

“Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlar” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

2023-yil yakuni bo‘yicha Farg‘ona tuman prokurori adliya maslahatchisi B.I.Boboqulovning tumanda qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli haqidagi axboroti;

Farg‘ona tumanidagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi hamda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2024-yil 28-fevral kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha 2024-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarni tumandagi ijrosi;

Farg‘ona tumanida “Jamoat parklari” tashkil etish;

Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlari;

Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Qaror ijrosi va bir qator boshqa masalalar ko'rib chiqish uchun muhokama qilinmoqda.

Slide 1 of 5