Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun, 9-fevral – "shams ul-millat" — millat quyoshi tavallud topgan kun! Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.
янв.21
Ko‘ngil mulkining sultoni — Alisher Navoiy siymosiga yuksak ehtirom!
янв.21
Joylarda aholi murojaatlari deputat tomonidan samarali hal etilmoqda!
янв.21
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ustidan deputat nazorati o’rnatildi.
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
MUROJAATNOMA — AMALIY HARAKATLAR DASTURI
янв.21
Aholi salomatligi deputat nazoratida!
янв.21
“Ajrim yechim emas”
янв.21
“Toza likopcha” kuni
CHINOZ TUMANI. Sessiya bo'lib o'tdi

Bugun 26-dekabr kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Salixov Sherzod Abduxakimovich raislik qildi.

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida kun tartibidagi masala bo‘yicha Chinoz tumani hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Ushbu masala bo‘yicha tuman hokimi Salixov Sherzod Abduxakimovichning axboroti eshitildi.

Shundan so‘ng so‘zga 18-Sutbuloq okrugidan saylangan deputat Turdiboyev Abduvoxid To‘xtaboyevich so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Mazkur masala bo‘yicha Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Farxod Ibragimov muzokara uchun so‘zga chiqib, doimiy komissiyaning xulosasini o‘qib eshittirdi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Kengash qarorining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov

Slide 1 of 10