Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Bugun Nurobod tumani 1-sektor hududidagi Sazag‘on mahallasida tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Berdikulovning mahalla fuqarolari va yoshlari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

 Qabulda tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputati S.Berdiqulov, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot
rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
 

Sayyor qabulda fuqarolardan 20 ga yaqin murojaatlar
kelib tushdi.
 

Murojaatlar asosan bandlik, to'lov kontrakti,
tadbirkorlik, kredit, moddiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan kelib tushdi.
 

Tuman rahbari barcha murojaatlarni batafsil tinglab,
mas’ullar va tegishli mutasaddilarga aholini qiynab kelayotgan
muammolarni qisqa fursatlarda hal etish,
ijobiy yechim topish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi hamda ijrosi
nazoratga olindi.
 

Xalq muammolarini tinglash, og‘irini yengil qilishga
qaratilgan xalq bilan muloqotlar, sayyor qabullar joylarda muntazam davom
ettiriladi.
  

Slide 1 of 1