Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Og‘ir hududlar obod manzillarga aylanmoqda
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi o‘rganildi.
янв.21
Deputat MFYda xotin-qizlarning tikuvchilik sohasidagi faoliyati bilan tanishib, ularning mehnat sharoitlari va yaratilgan imkoniyatlarni ko’zdan kechirdi.
янв.21
Romitan tumanining Bog‘iturkon mahallasi obod maskanga aylanadi.
янв.21
Madad NNT hamda xalq deputatlari tuman Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahalladagi xotin-qizlar faolining, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini o‘rgandi.
янв.21
Mahalliy kengash deputatlari o‘z saylov okrugidagi savdo do‘konlarida aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarining sifati hamda narx-navo barqarorligini o‘rgandi.
янв.21
Deputat Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati bilan tanishib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
DEPUTAT QANDAY BO‘LISHI KERAK

Deputatning eng muhim fazilatlaridan biri - jamoat bilan ishlash jarayonida belgilangan reglamentga qat’iy amal qilishdir. Reglament tartib-intizomni, mas’uliyatni va tizimli ishlashni ta’minlaydi. Kengash sessiyalari, komissiya yig‘ilishlari, deputatlik so‘rovlari va fuqarolar qabuli belgilangan tartib asosida olib borilishi deputat faoliyatining samaradorligini oshiradi. 

Shu bois deputat har bir majlisda o‘z vaqtida qatnashishni, barcha masalalarni puxta o‘rganib chiqishni va qarorlar bo‘yicha asoslangan pozitsiyani bildirishni o‘ziga doimiy talab sifatida qo‘yishi kerek. 

Deputat fuqarolar bilan uchrashuvlarda hurmat va e’tibor tamoyillariga qat’iy amal qilishga, ularning dardini diqqat bilan tinglashga, har bir murojaatni befarq qoldirmaslikka, ochiq va halol muloqot olib borishga harakat qilishi lozim. Chunki deputatning odobi - uning xalq oldidagi obro‘si va ishonchidir. 

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlar va dasturlar-jamiyat rivojining asosiy harakatlantiruvchi kuchi. Deputat har bir normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganib, uning ijrosini joylarda ta’minlashga alohida e’tibor qaratishi lozim. 

Qonunlar ijrosini nazorat qilish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, mahalliy muammolarni yechishda huquqiy mexanizmlarni qo‘llash-deputatning kundalik vazifalaridan biri hisoblanadi. Biz qonunni bilishimiz, tushunishimiz va amalda qo‘llay olishimiz shart. 

Bizning faoliyatimizda yana bir eng asosiy o‘lchov - xalqning ishonchidir. Shuning uchun muntazam ravishda mahalla fuqarolar yig‘inlarida, tashabbusli uchrashuvlarda, ochiq muloqotlarda ishtirok etib kelamiz. Har bir uchrashuvda ko‘tarilayotgan masalalar bo‘yicha, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, muammolarni joyida o‘rganish, mas’ullardan aniq javob va muddat talab qilish ustuvor ahamiyatga ega. 

Bugungi davr deputatdan faqat kuzatuvchi emas, balki taklif beruvchi, tashabbus ko‘rsatuvchi, amaliy natija taqdim eta oladigan lider bo‘lishni talab qiladi. Mahallalarda infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish mening amaliy tashabbuslarimning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. 

Xulosa qilib aytganda deputat - bu xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Bu ko‘prik reglamentga rioya qilish, deputatlik odobiga amal qilish, qonunlar va qarorlarni chuqur bilish, xalq bilan doimiy muloqot, amaliy tashabbuslar bilan mustahkamlanadi. 

Biz - har birimiz faoliyatimizda mana shu tamoyillarni bosh mezon qilib olishimiz zarur va xalq ishonchi eng katta boylik hamda eng katta mas’uliyatdir.

O‘. AKKULOV
Xalq deputatlari tuman Kengashining
Reglament va
deputatlik odobi bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi