Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Aholiga tibbiy xizmat sifati va aholini bepul dori - darmon bilan ta’minlanish holati tuman Kengashi deputatlari nazoratida.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati 18-Hazortut saylov okrugi deputati Jumayeva Mo’mina Toshpo’latovna “Hazortut” mahalla fuqarolar yig‘ini ettiligining olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari “Madad” NNT bilan hamkorlikda aholini qiynab kelayotgan masalalarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
янв.21
Tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limida, “Tumanda kambag’allikni qisqartirish bandlikni ta’lim va kasbga o’qitish dasturlari samaradorligi bo’yicha tuman Kengashi deputatlari tomonidan o’rganildi:
янв.21
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Bugun, 9-fevral – "shams ul-millat" — millat quyoshi tavallud topgan kun! Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.
янв.21
Ko‘ngil mulkining sultoni — Alisher Navoiy siymosiga yuksak ehtirom!
янв.21
Joylarda aholi murojaatlari deputat tomonidan samarali hal etilmoqda!
янв.21
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!
Chinoz tumani. “Madaniyat xodimi millat yuragi”

🔰Madaniyat xodimi yuksak axloqiy fazilatlarni targ‘ib etadigan elini, xalqini sevadigan ularga sodiq, fidoyi inson, oliyjanob kasb egasi bo‘lmog‘i zarur. Tuman musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan “Madaniyat xodimi millat yuragi” mavzusidagi seminar yig‘ilishida ana shu fikrlar ochiqlandi.

♻️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi S.Axmedova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i Nigora Nabiyevalar madaniyat bo‘limi xodimlari bilan yuqoridagi mavzuda fikrlashdilar.

♻️Tadbirda ochiq va achchiq fikrlar o‘rtaga tashlandi. Bugun madaniyat bo‘limi faqatgina bayramlaru tadbirlarni o‘tkazib beradigan tashkilotga aylanib qolgani,e’tibordan chetda qolib ketayotgani, va ichki muammolari xam yetarli ekanligi ta’kidlandi.

🔰Aslida madaniyat xodimi kiyinishi yurish turishi, muomilasi bilan barchaga namuna bo‘ladigan, shaxsni ruxan tarbiyalovchi bo‘lmog‘i kerakligi singdirildi.

Slide 1 of 4