Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
"Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligining garovi"

 "Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligining garovi" 

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori, Oliy Majlis Senatining 30.01.2024-yilda KQ-666-IV-sonli qarori hamda tuman Kengashining 20.02.2024-yil VI-79-14-11-163-K/24-sonli qarorlariga asosan tumanda o‘tkazilayotgan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsumi bo‘ icha kelib tushgan 121 ta takliflarni qonun doirasida o‘rganib, kerakli xulosa chiqarish bo‘yicha “Ishchi guruh” yig‘ilishi o‘tkazildi. 

🔹Yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev, N.Isaqovlar ishtirok etib, har bir kiritilgan
takliflar qonunchilikka muvofiq ekanligi, dolzarbliligi, adolat prinsipi asosida xulosa berilishi lozimligi aytilib, takliflar yuzasidan ishchi guruh a’zolari joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazilishiga kelishib olindi.
 

🔹”Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsumiga kiritilgan takliflar bo‘yicha tegishliligi bo‘yicha o‘rganib, xulosa berilishida mas’uliyat bilan yondashgan tuman
Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, Moliya bo‘limi, Farg‘ona tuman elektr tarmoqlari Korxonasi mas’ullariga minnatdorchilik bildirildi.
  

Slide 1 of 4