Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Deputatlarning saylovchilar oldida mas’uliyayati oshmoqda

 Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati Abdurayim Erkayev va Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi deputati Shuxrat Nuftillayevlar Koson tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabi binosida saylovchilar oldida axborot berdi. 

Tadbirda tumanning “Arabxona” va “Yuqori Arabxona” MFY aholisi faol ishtirok etdi. Deputatlar tomonidan aholi o‘rtasidagi, ayniqsa yoshlar, ayollar, yolg‘iz-boquvchisini yo‘qotgan shaxslar hamda tadbirkorlik subektlarining mavjud muammolar o‘rganildi va ularga Davlat rahbari va Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar mazmun-mohiyati, mahalla instetutining bosqichma-bosqich rivojalanish jarayonlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. 

Shuningdek, hududda voyaga yetmaganlar bilan ishlash ahvoli, o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim sifati va ota-onalarning farzandlarini ta’lim olishida masuliyatini oshirish masalalari dolzabligi va bu masalalrni doimiy nazoratini olib borish bugungi kunning talabi ekanligi ta’kidlandi. Deputatlar tomonidan yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollariga tegishlicha javoblar berildi. 

Slide 1 of 9