Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining 59-sessiyasi bo`lib o`tdi

Ayni damda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.A.Abduvohidovaning 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi
maʼruzasi oʻqib eshittirilmoqda.

2023-yil davomida Ombudsmanning Andijon viloyati mintaqaviy vakili nomiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan 304 ta murojaat kelib tushgan (2022-yilga nisbatan 5,0 foizga oshgan) boʻlib, 62,9 foizi xotin-qizlar va 37,1 foizi erkaklar hisoblanadi.

Shuningdek, oʻtgan yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 279 tasi koʻrib chiqilgan.

Fuqarolardan yoʻllangan
murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, ularning eng koʻpi Andijon shahar, Asaka va Izboskan tumanlariga toʻgʻri kelgan.
Ularning 73 tasi ijtimoiy huquq yoʻnalishidagi, 57 tasi iqtisodiy huquq yoʻnalishidagi, 174 tasi shaxsiy huquq va erkinliklar yoʻnalishini tashkil etgan. 

Slide 1 of 6