Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ustidan deputat nazorati o’rnatildi.
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
MUROJAATNOMA — AMALIY HARAKATLAR DASTURI
янв.21
Aholi salomatligi deputat nazoratida!
янв.21
“Ajrim yechim emas”
янв.21
“Toza likopcha” kuni
янв.21
Romitan tumanida “Depetat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O’zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida amalga oshirgan ishlarini o’rgandi.
янв.21
ҚИШ ЯҚИН, ТАЙЁРМИСИЗ?
Nurafshonda Mustaqillik bayrami arafasida yangi binoning ochilishi bo‘lib o‘tdi 🎉🇺🇿

#tuhfa

Nurafshonda Mustaqillik bayrami arafasida yangi binoning ochilishi bo‘lib o‘tdi 🎉🇺🇿

Nurafshon shahrida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida katta bayramona tadbir tashkil etildi. Ma’rifat mahallasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirda Mahalla uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbariyati, Xalq deputatlari, “Oqila ayollar” harakati vakillari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar qatnashib, yangi binoning faoliyati va uning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Ochilish marosimi doirasida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus yurtimizda mahalla institutini mustahkamlash, aholining turmush tarzini yanada yaxshilash va yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4