Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi

Joriy yilning “25” yanvar kuni soat 10:00 da tuman hokimligining katta majlislar zalida Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari tuman Kengashining
yetmish ikkinchi bo
ʻlib oʻtdi. 

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrildi: 

1) Tuman hokimining “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar to‘g‘risida axboroti.  

2) Tuman Prokuraturasi tomonidan 2023-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

3) Tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risida. 

4) Tuman davlat Soliq Inspektsiyasi tomonidan 2023-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

5) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil da amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

6) Tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sardoba tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

8) Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan 2023-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida. 

9) Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi va Kengash huzuridagi doimiy komissiyalarining 2024-yilgi ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida.  

10) Boshqa masalalar.  

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasiga tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari kun tartibiga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Sessiya ijtimoiy tarmoqlarda online yoritildi.

Sessiyani ushbu silka orqali oʻtib koʻrishingiz mumkin. https://youtube.com/live/Chh-KD0dMe8  

Slide 1 of 3