Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joylarda aholi murojaatlari deputat tomonidan samarali hal etilmoqda!
янв.21
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!
янв.21
Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ustidan deputat nazorati o’rnatildi.
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish yuzasidan muhokama yig’ilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
MUROJAATNOMA — AMALIY HARAKATLAR DASTURI
янв.21
Aholi salomatligi deputat nazoratida!
янв.21
“Ajrim yechim emas”
янв.21
“Toza likopcha” kuni
янв.21
Romitan tumanida “Depetat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O’zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida amalga oshirgan ishlarini o’rgandi.
Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi

Albatta bu maqsadga erishish uchun mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida davlat boshqaruvi va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish, vakillik organlari nazoratining samarali va taʼsirchan mexanizmlarini yõlga qõyish borasida izchil ishlar olib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 - yil 23 - iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" gi PF-98 farmoni "Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbus hokim" tamoyilini rõyobga chiqarish uchun muhim dasturilamaldir.

Ushbu konsepsiya mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish, aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni , bunda "mahalla ettiligi" tuman (shahar) Kengashi- viloyat Kengashi - Senat" tamoyili asosida kuchaytirish, mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash, Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy - institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy - texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash uchun asos bõladi.

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati S.Boboyorova