Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2023-yildagi faoliyat to'g'risida.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashida bugungi kunda 30 nafar deputatlar faoliyat yuritayotgan boʻlib, deputatlaridan 22 nafarini erkaklar, 8 nafarini ayollar tashkil etadi. 

Oʻtgan davr mobaynida xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan 23 marotaba sessiyalar oʻtkazilgan va ushbu sessiyalarda 226 ta masala koʻrib chiqilgan. Oʻtkazilgan sessiyalarda 139 marotaba mutasaddi tashkilot va korxonalarning hisobotlari hamda axborotlari (114 marotaba hisobot va 25 marotaba axborot) tinglangan, sessiyalarda koʻrib chiqilgan masalalardan 3 tasi muhokama etilgan boʻlsa, 14 tasi vakolat doirasidagi, 5 tasi hokimning qarorlari tasdiqlangan, 65 tasi boshqa masalalar koʻrib chiqilgan. 

Eshitilgan 114 ta Hisobotlarning 1 tasi hokim hisoboti, 39 ta hokim o‘rinbosarlari, 6 ta sektor rahbarlari, 2 ta prokuror, 10 ta ichki ishlar, 8 ta moliya, 2 ta soliq, 4 ta sog‘liqni saqlash va 42 ta boshqa hisobotlar eshitilgan. 

Eshitilgan 25 ta axborotdan 4 tasi Adliya, 9 ta Sud, 12 ta boshqa axborotlar eshitildi.

Senat yalpi majlisi kun tartiblariga kiritilgan qonunlar muhokamasi. Muhokama qilingan qonunlar 3 ta, o‘tkazilgan muxokamalar 4 ta, qonun loyihalari bo‘yicha bildirilgan takliflar 11 ta. 

Yangi targ‘ib qilingan qonunlar 3 ta, o‘tkazilgan targ‘ibotlar soni 106 ta. 

OAVda yoritilgan sessiyalar soni 23 ta shundan onlayn tarzida yoritilgan sessiyalar soni 23 ta.  

E-qaror tizimi orqali e’lon qilingan qarorlar 226ta, normativ-huquqiy tusdagi qarorlar 8 ta, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan qarorlar 7 ta. 

Shuningdek, xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan joriy yil 93 marotaba mutasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik soʻrovlari yuborilgan. 

2023-yil davomida Kotibiyat mudiri va deputatlar tomonidan xalq bilan 104 ta uchrashuvlar o‘tkazilgan, aniqlangan muammolar 370 ta, shulardan 239 tasi hal etilgan. 

Yuridik va jismoniy shaxslarning jami 370 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib 239 tasi hal etilgan, 41 ta rad etilgan, 90 tasiga tushuntirish berilgan. 

Deputat vakolatini muddatidan oldin tugatilgan deputatlar soni 2 nafar (o‘z ixtiyoriga ko‘ra) tashkil etadi. 

Deputatlarning ommaviy axborot vositalaridagi 234 marotaba chiqishlari mahalliy va respublika televideniya, radiyo, bosma nashrlarda ommaga yoritilib borilgan. 

Slide 1 of 2