Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 18-Guliston saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan Guliston mahallasi hududida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda ularning mavjud muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, hokim yordamchisi deputat bilan birgalikda mahalla hududini bevosita aylanib aholi bilan olib borilayotgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish va aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.