Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Sh. Mirzaqulov tomonidan qaror ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-24-37-7-100-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘rganish davomida qarorda belgilangan Payariq tumani Maslahat-diagnostika hamda laboratoriya (1-son OP) bo‘limi binosini 1,5 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan mukammal ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.