35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“O‘zbekiston Mustaqilligi” mahallasidagi sport maydonchasini ta’mirlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“O‘zbekiston Mustaqilligi” mahallasidagi sport maydonchasini ta’mirlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannopova tomonidan Yunusobod tumani “O‘zbekiston Mustaqilligi” mahallasidagi sport maydonchasini ta’mirlash masalasi yuzasidan Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📍 Deputatlik so‘rovi “39-Minor” saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektlari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi bilan muloqotlar davomida kelib tushgan murojaatlar asosida shakllantirildi.

🤝 Xususan, “O‘zbekiston Mustaqilligi” mahallasida “mahalla yettiligi” va aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hududdagi sport maydonchasining bugungi holati muhokama qilinib, mazkur obyekt ta’mirga muhtoj ekani yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirildi.

📝 Sport maydonchasining talab darajasida bo‘lishi mahalla aholisi, ayniqsa yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda hududda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Shu munosabat bilan deputat Fotima Mannopova “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyevdan “O‘zbekiston Mustaqilligi” mahallasidagi sport maydonchasini ta’mirlash masalasini tegishli tartibda o‘rganib chiqishni so‘radi.

🔎 Deputatlik so‘rovida maydonchaning mavjud holatiga baho berish, uni ta’mirlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli ma’lumotlarni taqdim etish masalasi ko‘tarilgan.

⏳ Yunusobod tumani hokimi A.Saidaliyevdan o‘rganish natijalari va masala yuzasidan tegishli ma’lumotlarni 10 kun muddatda taqdim etish so‘ralgan.

🔺 Mazkur masala deputat Fotima Mannopova tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, aholi uchun qulay sport infratuzilmasini yaratish va mavjud maydonchadan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1