Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining deputati Bahrom Xudoyarov tomonidan "Yangi davr" mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatga murojaat qildi.

📝 Xususan, ishga joylashish, moddiy yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kommunal xizmatlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tashqi yoritish hamda boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

❗️ Har bir murojaat "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

✅ Qabul yakunida deputat Bahrom Xudoyarov fuqarolarning murojaatlari bilan muntazam ishlash va ularning muammolariga amaliy yechim topish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Slide 1 of 1