Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan Mustaqillik MFY hududida joylashgan aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun barpo etilgan 🏋️‍♂️ workout sport maydonchasining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎O‘rganish jarayonida sport inshootining texnik holati, undan foydalanish imkoniyatlari, sanitariya va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🤝Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas'ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sport maydonchasidan samarali foydalanishni ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

💪Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish borasidagi nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4