35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Vohim mahallasidagi yo‘l masalasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN RASMIY XAT YUBORILDI

 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN RASMIY XAT YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan deputatlik nazorati doirasida navbatdagi amaliy ishlar olib borildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi 4-bandiga muvofiq, deputatlar tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslardan zarur ma’lumotlar, ekspert xulosalari hamda boshqa axborotlarni talab qilib olish vakolatiga ega.

Mazkur vakolatdan kelib chiqib, doimiy komissiya tomonidan tumandagi budjet mablag‘larining 1-yarim yillik davomida maqsadli sarflanishi va ularning samaradorligini o‘rganish maqsadida Pastdarg‘om tumani Moliya bo‘limiga ma'lumot so'ralgan rasmiy xat yuborildi.