35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Vohim mahallasidagi yo‘l masalasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
QAROR IJROSI AMALDA: DEPUTAT TRANSFORMATOR O‘RNATILGAN HUDUDNI O‘RGANDI

 QAROR IJROSI AMALDA: DEPUTAT TRANSFORMATOR O‘RNATILGAN HUDUDNI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-25-42-7-101-K/26-son qarori asosida Mehnat MFYdagi TP-608 transformator punktiga qo‘shimcha KTPS-100/10 kVA transformatori o‘rnatish uchun mablag‘ ajratilgan edi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov Mehnat mahallasida bo‘lib, o‘rnatilgan yangi transformatorning holatini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida qo‘shimcha transformator foydalanishga topshirilgani va hudud aholisini sifatli hamda barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Mazkur loyiha hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, iste’molchilarga qulay sharoit yaratish hamda infratuzilmani yanada yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 4