35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Vohim mahallasidagi yo‘l masalasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
Yangihayot tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Yangihayot tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suxrob Saifnazarov tomonidan Yangihayot tumani “Ahmad Al-Farg‘oniy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Sofdil” va “Davlatobod” ko‘chalari kesishmasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov nomiga yuborilgan deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqilgan.

🔎 O‘rganish davomida deputat tomonidan ko‘tarilgan masala, ya’ni “Sofdil” va “Davlatobod” ko‘chalari hududida transport vositalari tezligini cheklash hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish bo‘yicha murojaat amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ko‘rib chiqilgan.

📝 Rasmiy javobda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 78-bandiga muvofiq Toshkent shahri hududida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi belgilangan. Shu bois mazkur hududda qo‘shimcha tezlikni cheklovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasi amaldagi tartib va me’yorlar asosida baholangan.

🤝 Deputat Suxrob Saifnazarov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan ushbu masala nazoratda saqlanmoqda hamda hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1