35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Vohim mahallasidagi yo‘l masalasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
Murojaatchilar muammosi ijobiy hal etildi

Murojaatda fuqarolar ichimlik suvi tarmog‘idagi quvur shikastlangani sababli katta miqdorda ichimlik suvi isrof bo‘lib, ko‘cha bo‘ylab oqib yotganini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, murojaatchilar ushbu muammo yuzasidan "Samarqand suv ta’minoti" MCHJ Samarqand shahar bo‘limiga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsalar-da, masala o‘z vaqtida bartaraf etilmaganini bildirishdi.

Deputat tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan amaliy choralar ko‘rildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida "Samarqand suv ta’minoti" MCHJ Samarqand shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan nosozlik bartaraf etildi hamda ichimlik suvi tarmog‘i ta’mirlanib, murojaatda ko‘tarilgan muammo ijobiy hal etildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 4