Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2025-yilda Kengash qarorlari asosida ajratilgan mablag‘larning sarflanish holati yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💰 O‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Kengashining tavsiyalariga muvofiq budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, ulardan samarali va oqilona foydalanilishi hamda ajratilgan loyihalarning amaldagi ijro holati joyiga chiqib tahlil qilinmoqda.

🔍 Komissiya tomonidan:

* Kengash qarorlari asosida moliyalashtirilgan obyektlar;

* qurilish va ta’mirlash ishlari;

* infratuzilma loyihalari;

* ijtimoiy soha obyektlariga ajratilgan mablag‘lar;

* tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi xarajatlar bo‘yicha hujjatlar va amaliy holat o‘rganilmoqda.