#Oʻrganish
✅Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-saylov okrugidan saylangan deputat Aleksandr Shapovalov tomonidan tumanning "Bog‘zor" mahallasida ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi o‘rganildi.
✅Shuningdek, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamni tayinlash va to‘lash jarayonlari joyiga chiqib nazorat qilindi.
✅O‘rganish davomida mavjud holat muhokama qilinib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
✅Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy yordamlarning adolatli va manzilli yetkazilishini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.