35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Vohim mahallasidagi yo‘l masalasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
📨🏛 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ismailov Xursand Baltabayevich tomonidan Shovot tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i R. Abduraxmonov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
📌 Deputatlik so‘rovi Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-23-38-12-177-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida yo‘llandi. Mazkur qarorga muvofiq, ijtimoiy reyestrdagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 5 ta oila xonadonini energiya tejamkor ta’mirlash ishlari uchun 309,0 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
📋 Deputatlik so‘rovida quyidagi ma’lumotlar talab qilindi:
✅ "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 5 ta oilani tanlab olish bo‘yicha berilgan xulosa va tavsiyalar nusxalari;
✅ Har bir oila bo‘yicha o‘rganish dalolatnomalari hamda ehtiyoj darajasini aniqlash natijalari;
✅ Arbob, Maxtumquli, Monoq, Oqko‘l va Oltinqal’a mahallalaridagi 5 ta oila kesimida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
✅ Har bir xonadonda bajarilgan energiya tejamkor ta’mirlash ishlari ro‘yxati;
✅ Har bir oila uchun amalda sarflangan mablag‘ va xarajatlar smetasi;
✅ Bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari hamda monitoring natijalari;
✅ "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan loyiha ijrosi yuzasidan olib borilgan nazorat va o‘rganish ishlari haqidagi ma’lumotlar;
✅ Bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi foto va boshqa tegishli hujjatlar.
⚖️ Qonunchilikka muvofiq, deputatlik so‘roviga 10 kun muddatda yozma javob taqdim etilishi lozim.