35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Vohim mahallasidagi yo‘l masalasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA KUZATUV KAMERALARI HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston ekologik partiyasidan saylangan "2-Hamkor" okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tomonidan Bog‘ichinor mahallasida xavfsizlik infratuzilmasi holati ham o‘rganildi.

📹 Mahalla yettiligi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida hududdagi mavjud 32 ta kuzatuv kamerasining texnik holati ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijasida ayrim kameralar ta’mirtalab holatda ekani, shuningdek, mahalla hududini to‘liq qamrab olish uchun qo‘shimcha 16 ta kuzatuv kamerasiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

🕯 Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud kameralarning texnik sozligini tiklash va qo‘shimcha kuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish muhimligi qayd etildi.

📈 Deputat tomonidan hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5