35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Pandigon MFYda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Vohim mahallasidagi yo‘l masalasi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Kengash raisining fuqorolar murojaatlari bo‘yicha ochiq muloqoti.
BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

BOG‘ICHINOR MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston ekologik partiyasidan saylangan "2-Hamkor" okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tomonidan Bog‘ichinor mahallasida mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

📊 Muloqot davomida Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi. Jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash masalalariga e’tibor qaratildi.

📇 Ma’lumotlarga ko‘ra, Bog‘ichinor mahallasida 21 ta ko‘cha, 528 ta xonadon mavjud bo‘lib, hududda 3 760 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ijtimoiy himoya reyestriga 28 nafar fuqaro kiritilgan bo‘lib, ularning 14 nafari davlat ta’minotida.

💬 O‘rganishda mahalladagi ijtimoiy xodim Nazokat Parpiyeva hamda yoshlar yetakchisi Nigora Karimovaning faoliyati yuzasidan ham fikr almashildi. Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4