#Deputat_nazorati
"Taraqqiyot" mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar ishtirokida tumandagi Taraqqiyot MFYdagi xotin-qizlar faoli M.Abdurahmanovaning faoliyati joyiga chiqib o'rganildi.
O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faolining kunlik ish tizimi va xotin-qizlar bilan ishlash holati, "Ayollar daftari" bilan ishlash, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga ko‘rsatilayotgan yordamlar hamda ularning bandligini ta’minlash choralari, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, ajrimlarning oldini olish va xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik profilaktikasi, mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasidagi tadbirlar samaradorligi sifatlari o'rganildi.
O‘rganish yakunida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada jonlantirish, aniqlangan muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha xotin-qizlar faoliga zarur tavsiyalar berildi.